Янгиликлар
08
Davlat xizmatchilari faoliyatidagi odob-axloq qoidalari tushuntirildi.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan o‘quv seminarlarini o‘tkazish reja grafigi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-noyabr kunida Norin-Qoradaryo ITHB, Madaniyat boshqarmasi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’ul xodimlari uchun Norin-Qoradaryo ITHB binosida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy Qoidalari hamda Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi hamda xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.