Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya vazirligi Faxriylar Kengashi Andijon viloyati boʻlimiga yangi rahbar tayinlandi



Adliya vazirligi faxriylari kengashi viloyat boʻlimi kengashining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda kengash boshqaruv aʼzolari va faollar ishtirok etdilar. Yigʻilishda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Kamoliddin Mashrapov soʻzga chiqib, barchani Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan tabrikladi. Shuningdek, soʻnggi yillarda adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda faxriylarning oʻrni, ularning xayot yoʻli yoshlarga oʻrnak boʻlayotganini taʼkidladi.


Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Unda Kengash viloyat boʻlimi raisi vazifasida faoliyat koʻrsatib kelgan Dilzoda Mutalovaning salomatligi bois vazifasidan ozod etishni soʻrab murojaat qilgani, shu sababli uning oʻrniga yangi rahbar tayinlash lozimligi bildirildi. Yangi rahbar lavozimiga koʻp yillar tizimda ishlagan, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan Mahamatjon Karimov nomzodi ilgari surildi. Bir ovozdan M. Karimovni Kengash raisi vazifasiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Yigʻilish yakunida nafaqat boʻlim, balki adliya organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha taklif-mulohazalar bildirildi.