Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Malaka oshirishga yuborilgan xodimning xizmat safari pullari undirib berildi



Maftuna Botirova bir necha yildan buyon Boʻston tuman tibbiyot birlashmasining hamshirasi vazifasida ishlab kelmoqda. Yaqinda u tibbiyot birlashmasi rahbarining joriy yil 29-sentyabrdagi buyrugʻi bilan 4-oktyabrdan 30-oktyabrga qadar Toshkent tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish markazida malakasini oshirib qaytdi. Tabiyki oʻqish davomida belgilangan manzilga borish-kelish hamda xizmat safari davomida oʻziga zarur darajada harajatlar qildi.
Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan xizmat safarida va koʻchib yurish bilan bogʻliq ishlarda yoʻl kira, doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan hamda xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar ish beruvchi tomonidan toʻlanishi lozim.
Malaka oshirishdan qaytgan Maftuna birlashma hisobxonasiga safar harajatlarini qoplab berish toʻgʻrisida murojaat qilgan boʻlsada oʻz vaqtida toʻlab berilmagan. Shundan soʻng ushbu holat yuzasidan rahbariyatga nisbatan oʻz noroziligini bildirib, tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.
Murojaatni oʻrganish davomida toʻplangan ish hujjatlariga koʻra, eʼtirozlar oʻz tasdigʻini topdi. Qonunbuzilish holatini bartaraf etish va toʻlanmagan yotoqxona va boshqa harajatlar uchun belgilangan toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma asosida Maftuna Botirovaga jami 2 million 351 ming soʻm miqdoridagi toʻlanmay qolgan xizmat safari va boshqa xarajatlarni undirib berilishi taʼminlandi.
Eslatib oʻtamiz, adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarning shu kabi murojaatlari doimiy ravishda oʻrganilib, ularning paymol boʻlayotgan huquqlari tiklanishi taʼminlanmoqda.

Isomiddin Ergashev,
Boʻston tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi