Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Endi Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlimlariga ham yuridik xizmat koʻrsatiladi



Yuridik xizmat oluvchi davlat tashkilotlari safi yana bittaga ortdi. Gap shundaki, joriy yilning 2-dekabr kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon bilan oʻttizga yaqin Prezident farmon va qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilgan, shuningdek toʻrtta farmon va qarorlarning ayrim bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilgan.
Ushbu hujjatning 1-ilovasi 26 hamda 30 bandlariga muvofiq Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining roʻyxati kengaydi. Endilikda Markazlar tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimlariga ham xizmat koʻrsatiladi.
Shu kunlarda Markazlar tomonidan yoshlar ishlari agentligi shahar va tuman boʻlimlarini “ E-huquqshunos” elektron tizimiga ulash ishlari olib borilmoqda. Tez orada boʻlimlarning yuridik xizmat koʻrsatilishini doimiy ravishda monitoring qilib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlimlar rahbarlari uchun elektron tizimdan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida yuridik xizmat koʻrsatish qamrovini kengaytirishning foydali jihatlari xususida tushuntirishlar berilmoqda.
Bundan avvalroq, Prezidentimizning 2022-yil 18-martdagi qaroriga asosan 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga yuridik xizmat koʻrsatilishi boshlangan edi.

Muhammadamin Odiljonov,
viloyat adliya boshqarmasi
huquqiy xizmatlar boʻlimi
bosh maslahatchisi.