Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

AI-80 markali benzin uchun aksiz solig‘i bekor qilindi


Kuz-qish mavsumida iste’molchilarning benzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida Prezidentimizning 2022-yil 12-dekabr kuni tegishli Qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, aksiz solig‘i bekor qilindi.
Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan, istisno tariqasida, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi.
Aksiz solig‘i bekor qilinishi munosabati bilan avtomobil yoqilg‘i quyish shaxobchalarida AI-80 benzin narxi tushishi kuzatildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan 2022-yil 1-yanvardan 1 tonna Ai-80 benzin uchun 240 000 so‘m, Ai-90 va undan yuqori benzinlar uchun soliq stavkasi 275 000 bo‘lgan. 2022-yil 1-iyundan buyon Ai-80 benzin Ai-90 va undan yuqori benzinlar uchun soliq stavkasi 275 000 so‘m etib belgilangan edi.

Iqboljon Umarov,
viloyat adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya
qilish bo‘limi boshlig‘i.