Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashda jamoat tashkilotlarining roli


Andijon shahridagi “Maʼrifat uyi”da viloyat adliya boshqarmasi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat boʻlinmasi hamkorligida “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashda jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlarining ayol rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Umarbek Habibullayev va Oʻz NNTMA viloyat boʻlinmasi rahbari Farhodbek Ataxonovlar tomonidan davlatimiz rahbarining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.



Farmon bilan 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oyda uzluksiz ish staji boʻlgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib byudjet hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanishi, qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash maqsadida 2023-yildan har yili nodavlat tashkilotlarga BHMning 7 ming baravari miqdorigacha grantlar ajratilishi belgilanganligi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mutaxassisdan oʻzlarini qiynayotgan savollarga huquqiy tushunchalarga ega boʻldilar.