Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yigirma ming nafardan ortiq andijonlik MOBILE ID tizimidan ro'yxatdan o'tkazildi



Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida Mobile-ID tizimidan foydalanishdagi qulayliklar hamda ushbu tizimdan ro'yxatdan o'tkazish bo‘yicha targ`ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ayniqsa byudjet tashkilotida ishlayotgan xodimlarning ish vaqtini tejash va ortiqcha ovoragarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularga Davlat xizmatlari markazlari xodimlari joylarga chiqqan holda sayyor xizmat koʻrsatib, “Mobile-ID” tizimi orqali bepul identifikatsiyadan oʻtkazib berilmoqda.

Shu kunga qadar viloyat bo‘ycha 20 ming nafarga yaqin fuqarolar tizimdan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Maʼlumot uchun «Mobile-ID» – bu elektron raqamli imzo talab etilmasdan, barcha turdagi mobil qurilmalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratuvchi tizim hisoblanadi.
Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha berilgan arizalar mavjud identifikatsiya tizimlari vositasida hamda anʼanaviy shaklda berilgan arizalar bilan bir xil ahamiyatga ega.