Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Institutning ingliz tili o‘qituvchisiga to‘lanmayotgan ustama pullari undirib berildi



Gulzira Madaminova Andijon davlat universtitetining 2-bosqich doktoranti hisoblanadi. 2021-yilning oktyabr oyida ingliz tili boʻyicha sinovlarda qatnashib, xalqaro tan olingan setifikat ega boʻlgan. Ayni paytda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanish bilan birga Andijon davlat chet tillari institutida oʻrindoshlik asosida 0,5 stavka birligida pedagoglik ham qilib kelmoqda.

Prezidentimizning 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar fani oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi belgilangan.

Bundan tashqari, Prezidentning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi qarori bilan chet tillar oʻqituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan ragʻbatlantiriluvchi toʻlovlar va qoʻshimchalarni hisoblashda, ularning lavozim maoshlari tarkibiga kiritgan holda qishloq joylarda joylashgan taʼlim muassasalarida ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa taʼlim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdorida har oydagi qoʻshimchalar qoʻshib berilishi belgilangan. Shunday boʻlsada institut rahbariyati tomonidan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari bajarilmasdan, tegishli toʻlovlar toʻlanmasdan kelinmoqda.

Gulzira Madaminova Andijon shahar adliya boʻlimiga murojaat qilib, institut tomonidan ustama hamda ragʻbatlantiriluvchi toʻlovlar toʻlanmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Oʻrganish davomida haqiqatan ham G.Madaminovaga oktyabr-noyabr oylari davomida jami 3 575 392 soʻm ustama pullari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Andijon davlat chet tillari institutiga toʻlanmay kelingan ustama pullarini hisob-kitob qilib toʻlab berish choralarini koʻrishlikni soʻrab bajarishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma asosida ustama pullari toʻliq toʻlab berildi.

Oybek Karimov,
Andijon shahar adliya
boʻlimi yetakchi maslahatchisi.