Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Andijon yuridik texnikumi oʻquvchilari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etmoqda

Toshkent viloyatida joylashgan “Olmos” konvension markazida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida «Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovining respublika bosqichi oʻtkazilmoqda.

Professional taʼlim muassasalarida huquqshunoslik yoʻnalishida tahsil olayotgan oʻquvchilarning nazariy bilimlarini yuridik amaliyot bilan bogʻlashi uchun sharoit yaratish, ularda sudda nutq soʻzlash qobiliyatini, jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash, tahlil etish hamda mukammal qarorlarni qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan ushbu tanlovda mintaqaviy bosqichlarda gʻolib boʻlgan jamoalar oʻzaro bellashmoqda.

Jamoalar fuqarolik ishlari yoʻnalishi boʻyicha namunaviy sud protsessida daʼvogar va javobgar taraflar sifatida, jinoyat ishlari yoʻnalishida ayblov va himoya taraflar maqomida qatnashmoqda.

Namunaviy sud protsessi jarayonlarini Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning sudyalari, Toshkent davlat yuridik universitetining professor oʻqituvchilari tarkibidan tuzilgan hakamlar hayʼati holislik va shaffoflikni taʼminlagan holda baholab bormoqda.

Gʻolib jamoalar Adliya vazirligining diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Shuningdek ishtirokchilar orasidan “Eng faol sud protsessi ishtirokchisi”, Sud protsessining eng yaxshi notigʻi», “Eng yaxshi advokat” nominatsiyalari boʻyicha munosiblar aniqlanib, ularga vazirlikning esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Ushbu tanlovda Andijon viloyati yuridik texnikumining “World Managers” jamoasi ham ishtirok etmoqda.