Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Shahrixon tuman Davlat xizmatlari markazi direktori “Eng xushmuomala direktor” deb topildi



#Davlat_xizmatlari_markazlariga_5_yil

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan “Olmos” konvension markazida “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” bayram tadbiri oʻtkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Davlat xizmatlari markazlari direktorlari hamda xodimlari “Galstuksiz” uchrashuv, erkin seminar, timbilding hamda psixolog trening tadbirlarida ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida 2022-yilda faol ishlagan, xalqqa eng yaqin boʻlgan, aholining talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan Davlat xizmatlari markazlari xodimlari aniqlanib, ularga vazirlikning esdalik sovgʻalari topshirildi.


Tanlov jarayonida Shahrixon tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktori Davronbek Moʻminov “Eng xushmuomala Davlat xizmatlari markazi direktori” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi.

Qolgan ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar boʻyicha tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.