Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“World Managers” jamoasi ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi



Toshkent viloyatida joylashgan “Olmos” konvension markazida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” respublika tanlovining final bosqichi oʻtkazildi.

Unda tanlovning mintaqaviy bosqichlarida gʻolib boʻlgan jamoalar oʻzaro bellashmoqda.

Oʻquvchilarning nazariy bilimlarini yuridik amaliyot bilan bogʻlashi uchun sharoit yaratish, ularda sudda nutq soʻzlash qobiliyatini, jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash, tahlil etish hamda mukammal qarorlarni qabul qilish koʻnikmasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda jamoalar fuqarolik ishlari yoʻnalishi boʻyicha namunaviy sud protsessida daʼvogar va javobgar taraflar sifatida, jinoyat ishlari yoʻnalishida ayblov va himoya taraflar maqomida qatnashdilar.

Ikki kun davom etgan namunaviy sud protsessi jarayonlarini Jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning sudyalari, Toshkent davlat yuridik universitetining professor oʻqituvchilari tarkibidan tuzilgan hakamlar hayʼati holislik va shaffoflikni taʼminlagan holda baholab bordilar.


Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalariga koʻra, Fuqarolik ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessida Andijon viloyati yuridik texnikumining “World Managers” jamoasi ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, diplom hamda Adliya vazirligining 8 million soʻmlik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Jarayonlarda faol ishtirok etgan iqtidori oʻquvchilar “Eng faol sud protsessi ishtirokchisi”, Sud protsessining eng yaxshi notigʻi», “Eng yaxshi advokat” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar.

Barcha sovrindorlarni qoʻlga kiritgan gʻalabasi bilan tabriklaymiz.