Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Maʼmuriy islohotlar: Ihcham va samarali davlat boshqaruv tizimi



Andijon viloyati adliya boshqarmasi respublika va hududiy ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar uchun “Maʼmuriy islohotlar: Ihcham va samarali davlat boshqaruv tizimi” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Mazkur anjuman joriy yilning 21-dekabr kuni qabul qilingan “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyatiga bagʻishlangandi.


Unda adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muhammadbobur Karimov, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari oʻrinbosari Hayotbek Akbarov, adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Alisher Xasanovlar farmon hamda “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”da qarorda mazmun-mohiyati, hujjatlarda belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.


Matbuot anjumanida davlat organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish hamda faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirishda zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani koʻrib chiqish jarayonlarini soddalashtirish muhim ahamiyat kasb etish taʼkidlandi.

Shuningdek, Farmon bilan nafaqat optimallashtirishga, balki xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida “qoʻl boshqaruvi”dan – aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga oʻtilayotgani qayd etildi.


Tadbir davomida Farmonda nazarda tutilgan oʻzgarishlar infografikalar orqali aniq misollar bilan tushuntirildi.

Anjuman yakunida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutahassislardan javob oldilar.