Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat xizmatlari markazlarida eng yaxshi ko‘rsatkich ko‘rsatgan xodimlar e`lon qilindi




#Eʼtirof

Bugungi kunda Andijon viloyatida 16 ta tuman va shaharda Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Oʻtgan 2022-yil davomida ushbu markazlar va ularning filiallari orqali 511 mingtadan orqtiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Eng koʻp foydalanilgan davlat xizmatlari bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish, kadastr pasportini berish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, pensiya (nafaqa) haqida maʼlumotnoma olish, Mobil-ID tizimiga roʻyxatdan oʻtkazish kabi xizmatlar tashkil etadi.

Ushbu natijalarga erishishda tizimda faoliyat yuritayotgan fidoiy, halol va mehnatkash xodimlarning oʻrni beqiyos.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi joriy yildan boshlab, endi har chorakda turli yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etgan xodimlarni eʼtirof etish va ommaga tanitishni maqsad qilgan.

2022-yilda toʻrtta nominatsiya boʻyicha eng yaxshi deb topilgan xodimlar bilan tanishishingiz mumkin.

Andijon shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi TOSHPOʻLATOV SARDORBEK ABDUSAMAT OʻGʻLI -   “Eng koʻp xizmat koʻrsatgan xodim”

Andijon shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi ODILOV DOSTONBEK MUTALIBJON O‘G‘LI - "Eng ko‘p turdagi xizmat ko‘rsatgan xodim"

Ulug‘nor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi MAMADALIYEV AZIZBEK ABDURAXIMOVICH - "Eng ko'p Mobile-IDni ro‘yxatdan o‘tkazgan xodim"

Jalaquduq tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi G‘OFUROVA KARIMAXON BAXODIRJANOVNA - "Eng tez xizmat ko‘rsatgan xodim"


Adliya boshqarmasi jamoasi ushbu xodimlarga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.