Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Tugatilgan maktabning oʻqituvchilariga 415 million soʻmlik ish haqi va kompensatsiya pullari toʻlab berildi



Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida”gi Farmon asosan Andijon shahridagi 13-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi 2022-2023 oʻquv yilida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga aylantirilgan.

Shu munosabat bilan 2022-yilning 30-avgust kuni maktab pedagogik jamoasiga tugatilganligi toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berilgan. Biroq ushbu ogohlantirish xatida maʼmuriyat tomonidan hech qanday ish taklif etilmagan, shuningdek qonunchilikdagi belgilangan ikki oylik kompensatsiya hamda foydalanilmagan mehnat taʼtili pullari toʻlab berilmagan.

Maktabning sobiq oʻqituvchilari M.Nazarova, G.Sodiqova, G.Ashurova, M.Abdullayeva va O.Kadirovalar Andijon shahar adliya boʻlimiga murojaat qilib, oʻz noroziligini bildirishib, ushbu masalada amaliy yordam soʻrashgan.

Ularning murojaat tegishli tartibda oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida haqiqatan ham maktabning 64 nafar pedagog va texnik xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan bekor qilinganligi aniqlandi. Xodimlarning vazifasidan ozod etish haqidagi buyruqlarda ikki oylik oʻrtacha oylik ish haqi toʻlab berishi koʻrsatilgan boʻlsa-da biroq oʻrganish kuniga qadar Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan toʻlab berilmaganligi oʻz tasdigʻini topdi.

Vaholanki, qonunchiligimizda mehnat shartnomalari texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan nazarda tutilgan ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan. Shunday boʻlsa-da Mehnat kodeksning 134, 151 va 154-moddalarida belgilangan talablariga rioya etilmagan.

Adliya boʻlimi tomonidan Andijon shahar xalq taʼlimi boʻlimiga maktab pedagogik va texnik xodimlariga toʻlanmagan oʻrtacha oylik ish haqi va kompensatsiya pullarini toʻliq toʻlab berish choralarini koʻrishlik yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi. Natijada barcha xodimlarga 415 million 389 ming soʻm kompensatsiya pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Azizbek Raupov,
Andijon shahar adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi.