Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qonunlarni mensimagan maktab direktori bir marta qilgan xatosi uchun ikki marotaba jazolandi




Mavjuda Mamajonova 2020-yildan buyon Asaka tumanidagi 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabida kadrlar boʻyicha menejer lavozimida faoliyat yuritib keladi. Biroq joriy yilning avgust oyida maktab maʼmuriyati bilan vujudga kelgan kelishmovchilik oqibatida direktor tomonidan hech qanday asossiz ishdan boʻshatiladi.

Oʻtkazilgan huquqiy targʻibotlar natijasida fuqaro M.Mamajonova Asaka tumani adliya boʻlimiga kelib, ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini assosiz ravishda bekor qilinganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam soʻrab murojaat qiladi.

Oʻrganish davomida maktab direktori u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 105 (Muddatli mehnat shartnomasini muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish) va 234-moddasi (Bola ikki va uch yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan taʼtillar)ning 5 kismiga asosan bekor qilganligi aniqlangan. Vaholanki, M. Mamajonova bilan mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan boʻlgan.

Bundan tashqari M.Mamajonovani ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq loyixasi xulosa olish uchun tuman adliya boʻlimining yuridik xizmat koʻrsatish markaziga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuborilmagan. Natijada markazning xulosasiz buyruq qabul qilingan.

Qonunchilikka koʻra esa yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emasligi hamda ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilab qoʻyilgan.

Bundan koʻrinib turibdiki maktab direktori tomonidan bir qator qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.

Ushbu qonun buzilish holatlarini bartaraf etish boʻycha maktab maʼmuriyatiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritilgan. Ammo maktab direktori tomonidan mazkur taqdimnoma ijrosi taʼminlanmagan.

Bu esa maktabi direktori X.S.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1984-moddasi (Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib ish hujjatlari jinoyat ishlari boʻyicha Asaka tuman sudiga yuborilgan. Natijada mazkur sud tomonidan direktori X.S. yuqoridagi moddaga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan BHMning ikki barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, ushbu mansabdar shaxsning harakatlarida MJtKning 49-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli jazo tayinlash boʻyicha Asaka tumani axoli bandligiga koʻmaklashish markaziga taklif kiritildi. Natijada Markaz tomonidan X.S.ga nisbatan BHMning 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Fuqaro M.Mamajonova esa oʻz ishiga tiklandi. Ayni paytda u oʻz faoliyatini tegishli tartibda davom ettirmoqda. Direktor esa bundan keyin qonunga itoatkorlik ruhida ishlamasa yanada qattiqroq jazoga tortilishi aniq.

Ilhomjon Ahmedov,
Asaka tumani adliya boʻlimi boshligʻi.