Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Hech qanday roziliksiz lavozim stavkasi qisqartirilgan xodimning murojaati ijobiy hal etildi



Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Buloqboshi tuman boʻlimi sanitariya shifokori yordamchisi M.Muhammedova 2013-yil iyun oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab keladi. Biroq soʻnggi ikki yildan buyon boʻlim maʼmuriyati tomonidan ikki marotaba uning roziligisiz lavozim stavkasi qisqartirib yuborilgan. Bu esa uning mehnat unumdorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatgan.

M.Muhammedova 2022-yilning oktyabr oyida boʻlim boshligʻi nomiga ish stavkasini oshirish boʻyicha murojaat qilgan boʻlsada uning arizasi javobsiz qolib ketgan. Natijada u Buloqboshi tumani adliya boʻlimiga lavozim stavkasini tiklashda qonuniy yordam soʻrab murojaat qilishga majbur boʻlgan.

Oʻrganish davomida haqiqatan ham boʻlim masʼullari tomonidan 2021-yildan buyon ikki marotaba uning roziligisiz ish stavkasi qisqartirilganligi va boʻlim boshligʻi rozilik berganligiga qaramasdan lavozim stavkasi oshirilishi taʼminlanmayotganligi aniqlandi.

Oʻrganish yakuni boʻyicha adliya boʻlimi tomonidan SEO va JSX Buloqboshi tumani boʻlimiga mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritish talablari buzilganligi tushuntirilib, unga nisbatan taʼsir chorasi kiritildi hamda M.Muhammedovaning lavozim stavkasi tiklanishiga erishildi.

Erkin Jo‘liyev,
Buloqboshi tumani adliya
boʻlimi boshligʻi