Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Noqonuniy ishdan boʻshatilgan Qurolli kuchlar xizmatchisi vazifasiga tiklandi



Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Boʻston tumani adliya boʻlimi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, fuqarolarning manfaatini koʻzlab sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, ularning huquqlari tiklanishiga erishilmoqda.

Jumladan, Boʻston tumani adliya boʻlimi tomonidan fuqaro Sh.Rasulovning tuman mudofaa ishlari boʻlimidan nohaq ishdan boʻshatilganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida Sh.Rasulov Boʻston tumani mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻining 2021-yil 10-martdagi buyrugʻi bilan Rezervchilar va harbiy xizmatga majburlarni hisobga olish boʻlinmasi katta yordamchisi vazifasiga qabul qilinganligi, biroq, boʻlimi boshligʻining 2022-yil 12-sentyabrdagi buyrugʻi bilan Mehnat kodeksining 100-moddasi, 2-qismi, 4-bandiga asosan ishdan boʻshatilganligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida Sh.Rasulov 2022-yilning 7-sentyabridan 20-sentyabriga qadar betobligi sababli ishga kelolmagan. Ushbu fakt tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlangan boʻlsa-da qonun talablariga zid ravishda bekor qilingan.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha tuman adliya boʻlimi tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Boʻston tumanlararo sudiga fuqaro Sh.Rasulovning manfaatini koʻzlab, javobgar tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga nisbatan “Ishga tiklash va majburiy progul kunlari uchun ish haqi undirish” toʻgʻrisida daʼvo ariza kiritildi.

Mazkur daʼvo ariza sud muhokamasida keskin muzokaralar asosida, koʻrib chiqilib, Sudning hal qiluv qaroriga asosan, tuman adliya boʻlimining daʼvo arizasi qanoatlantirildi. Noqonuniy ishdan boʻshatilgan Sh.Rasulov Qurolli kuchlar xizmatchisi vazifasiga tiklanishiga erishildi. Bundan tashqari Sh.Rasulovning foydasiga tuman mudofaa ishlari boʻlimidan majburiy progul kunlari uchun 3 million 206 ming soʻm ish haqi undirish belgilandi.

Isomiddin Ergashev,
Boʻston tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi.