Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Marhamatlik tibbiyot xodimlariga toʻlanmayotgan qoʻshimcha ustama pullari undirib berildi



Davlatimiz rahbarining 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 2022-yilning 1-iyunidan oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30%igacha oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlab berilishi belgilangan.
Shuningdek, 1-sentyabrdan boshlab esa davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasida va mehnat faoliyatida ilmni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60%igacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30%igacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanishi nazarda tutilgan.
Marhamat tumani tibbiyot birlashmasida tuman adliya boʻlimi tomonidan ushbu farmon ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tahlil davomida birlashma tomonidan bir qator qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Yaʼni, birlashmaga qarashli oilaviy shifokor punktlari, poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda ikkinchi smenada ishlovchi jami 27 nafar xodimlarga hamda uch nafar fan doktori ilmiy darajasi boʻlgan xodimlarga farmonda belgilangan har oylik qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha tuman tibiyot birlashmasi boshligʻi bajarilishi majburi boʻlgan taqdimnoma kiritilib, natijada jami 26.556.504 soʻm miqdoridagi ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Sardorbek Hamroyev,
Marhamat tumani adliya
boʻlimi boshligʻi