Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Anomal sovuq ham xizmat koʻrsatishga qarshilik qilolmaydi



Oltinkoʻl tumanining Ittifoq mahallasida yashovchi Joʻraboy Umarov bu yil oʻzining 75 yoshini qarshiladi. Uzoq yillar tumandagi turli idoralarda turli vazifalarda ishladi. Ayni paytda nabiralar qurshovida umrguzaronlik qilmoqda.
Keksa boʻlsa ham doim izlanishdan charchamaydigan otaxon yaqinda nabiralari koʻmagida “e-auksion.uz” elektron savdo platformasi orqali savdolarda qatnashmoqchi boʻldi. Biroq ushbu platformaga unda savdolarda qatnashish uchun elektron raqamli imzo zaruriyati paydo boʻldi. Shunda nabirasi kalitni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga kelib, murojaat qildi. Otaxonning keksaligi, soʻnggi kunlarda havo haroratining keskin tushib ketgani inobatga olinib, nabirasiga Joʻraboy otaga sayyor xizmat koʻrsatish taklif qilindi.
Murojaatga asosan Markaz xodimlari Joʻraboy ota yashaydigan xonadonga borishib, sayyor tartibda xizmat koʻrsatishib, ERI kaliti sertifikatini topshirdilar.