Янгиликлар
18
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Prezidentimizning 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan targ'ibot tadbirlari joylarda davom etmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Andijon tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazildi.
Erkin muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar yuqoridagi prezident hujjatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Adliya boshqarmasi xodimlaridan javob oldilar.

Shunindek, uchrashuvda mehnat qonunchiligi yuzasidan ham huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir so'ngida sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining huquqlariga rioya etilishi holatlarini o‘rganish yuzasidan anonim so'rovnoma o'tkazildi.