Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Keksalarning duolari olinmoqda



Qishning qirovli kunlarida ham Davlat xizmatlari markazlarida odam arimayapti. Erta tongdan to kechga qadar Markazlar yoshidan, jinsidan qat'iy nazar mijozlar bilan gavjum. Xizmat oluvchilarning ayrimlarini keksalar va yosh bolali ayollar tashkil etadi.
Yo‘llarning sirpanchiqligi, havo haroratining sovuqligini hisobga olib Davlat xizmatlari markazlari xodimlari Markazga kelgan, ammo yo‘lda yurishga qiynalayotganarga ko‘mak berish maqsadida ularni o‘zlariga qulay bo‘lgan bekatlarga yoki manzillariga beminnat yetkazib qo‘yishmoqda.
Bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan fuqarolar mamnun. Keksalarning esa qo‘li duoda.