Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi



Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun barcha Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning ogʻirini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.
Birinchi, fuqarolar biron ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsalar – hatto DXMlarda ishi boʻlmasa ham – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin, ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.
Ikkinchi, DXMlarga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, hudud markazi, uyiga qadar yetkazib qoʻyish toʻgʻrisida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.
Uchinchi, barcha DXMlar energiyatejamkor rejimda ishlamoqda, kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga maʼlumot beruvchi tablolar ishlaydi.

Barcha joylarda bo‘lgani kabi Andijon viloyatida ham Markazlarga tashrif buyurayotgan fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga dillarga iliqlik ulashilmoqda. 
Ha, ozgina e’tibor inson ko‘nglini tog‘dek ko‘tarsa, g‘amxo‘rlik va shirin so‘z ruhiyatga quvvat bag‘ishlaydi. Bugun davlat xizmatlari markazlarida aholi va tadbirkorlarga ana shunday e’tibor ko‘rsatilib, mehr ulashilmoqda.