Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“E-qaror” - jamoatchilik nazorati uchun samarali mexanizmlardan biri



Mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligi taʼminlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida qonunchilikning oshkoraligi, xalqchilligi va samaradorligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan soʻnggi yillarda yurtimizda huquq ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirishga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab hokimliklar faoliyati va ish yurituvi shaffofligini taʼminlash, shuningdek, fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtirokini taʼminlash, shaffoflik, adolatni qaror toptirish, turli korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona “E-qaror” elektron tizimi joriy etildi. Natijada hokim qarorlari birorta qogʻoz ishlatilmasdan elektron tarzda qabul qilinadigan boʻldi.

Qisqa vaqt ichida ushbu tizim jamoatchilik nazorati uchun samarali mexanizmlardan biriga aylandi.

Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq joriy yilning 1-yanvaridan boshlab sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.

Shunga koʻra Adliya vazirligi tizimida idoraviy hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish boshlandi.

Kuni kecha tizim orqali qabul qilingan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining dastlabki buyrugʻi bilan mediatorlarni tayyorlash maxsus oʻquv kursini tamomlab, belgilangan tartibda sertifikat olgan ikki nafar mediatorlar “Professional mediatorlar reyestri”ga kiritildi. Shuningdek, boshqarma boshligʻining 19-yanvardagi buyrugʻi bilan advokatlar Kozimjon Noʻmonov hamda Muhammadyusuf Soliboyevlarga yangi advokatlik guvohnomalari berildi.

Qarorga muvofiq Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga koʻra 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Qarorga asosan 2023-yilning 1-sentyabridan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida ham buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilishni joriy etishni nazarda tutilmoqda. Vazirlik va idoralarning maʼmuriy hujjatlarini jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilinishi ular faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Otabek Bozorov,
Andijon viloyat adliya
boshqarmasi boshligʻi.