Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Andijonda oʻn oltinchi Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi



Jalaquduq tumani Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari Rahmatillo Arziyev, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Otabek Bozorov, Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Soʻzga chiqqanlar prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!”, degan ezgu gʻoya odamlarning bugungi hayotidan rozi boʻlib yashashida muhim omil boʻlayotganini alohida taʼkidladilar. Shuningdek, soʻnggi yillarda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish va koʻlamini kengaytirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni qayd etdilar. Ushbu markaz jalaquduqliklarning yaxshi kuni uchun xizmat qilishiga tilak bildirdilar.


Mazkur markazning avvalgi binosi oʻta taʼmirtalab holga kelib qolgani sabab, koʻzda tutilgan standartlarga javob bermas, fuqarolarga noqulayliklar tugʻdirayotgan edi.

Shuni taʼkidlash joiz, inshoot qurilishi zamonaviy shaharsozlik meʼyorlarga mos keladi, fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari uchun keng sharoitlar yaratilishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Markazda elektron navbat tizimi, maʼlumot kioski, oʻz -oʻziga elektron xizmatlar olish burchagi, investorlar, ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish xonasi, bank shoxobchasi joylashgan. Shu jumladan, markazga kelgan fuqarolarning erkin davlat xizmatlaridan foydalanishining turli imkoniyatlari haqida xabardorligini oshirish maqsadida maʼlumotnoma stendlari va koʻrgazmali plakatlar oʻrnatilgan.


Bundan tashqari, davlat xizmatlaridan eksterritorial asosida, yaʼni yashash va roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼiy nazar foydalanishi mumkin. Bu yerda 190ga yaqin davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Kutish zallariga oʻrnatilgan monitorlar orqali namoyish etiladigan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yangiliklar, davlat xizmatlari olish tartiblari toʻgʻrisidagi roliklar aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.



Markaz aholining barcha qatlamlariga, shu asnoda, yosh bolali ayollar, turli toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar va faxriylarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

Ushbu imoratda adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish (FHDYO) boʻlimi va Davlat xizmatlari markazining bitta oʻrinda joylashishi hudud aholisiga qulaylik yaratadi.

Qayd etish lozim, ushbu markaz viloyatda foydalanishga topshirilgan oʻn oltinchi davlat xizmatlari markazi hisoblanadi.