Янгиликлар
31
Harbiy qismda huquqiy savodxonlik
.jpg)
Andijon shahridagi 528-Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, ularga qonun hujjatlarda nazarda tutilgan imtiyozlarni tushuntirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida davlatimiz rahbarining 2018-yil 4-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-marifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish togʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati, hujjatda belgilab berilgan vazifalar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, Andijon shahar adliya boʻlimi xodimi Xolmatjon Valiyev tomonidan harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Yakunda ishtirokchilarning qonun borasidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari eshitildi.