Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Jazoni ijro etish muassasida uchrashuv



Jazoni ijro etish departamenti 3-son tergov hibsxonasida xodimlar va mahbuslar ishtirokida Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Andijon shahar Adliya boʻlimi xodimi Axrorbek Egamnazarov, “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omonov hamda Nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmasi rahbari Farhodbek Ataxanovlar tomonidan Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyatini belgilash haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.