Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Xizmat maydonining chegarasi yoʻq. Manzil shifoxona boʻlsa ham



Andijon shahrining Boʻston mahallasida yashovchi Shaxzodaxon Ulugʻbekova ikkinchi guruh nogironi. Ayni paytda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining xirurgiya boʻlimida davolanmoqda. Shu sababli kasalxonadan tashqariga chiqishga imkoniyati yoʻq.

Shaxzoda opa shahar Davlat xizmatlari markaziga qoʻngʻiroq qilib, nomidagi xonadonlarning biriga ijarachi qoʻymoqchiligini, ijarachi bilan oʻrtada shartnoma tuzish uchun esa elektron raqamli imzo zarurligini aytib, yordam soʻrab murojaat qildi.

Murojaatga asosan Markaz xodimlari shifoxonaga borishib, eng avvalo bemordan hol-ahvol soʻrab, mushkilini yengillatishdi.

“Avvalari holatni tushuntirsangiz hech kim eshitishni istamasdi. Sogʻmisan, kasalmisan qizigʻi yoʻq edi. Shunchun Markaz xodimlarining shifoxonaga boramiz deyishganda ishonmadim. Kelishganida esa koʻnglim yorishdi. Bundan ikki karra quvondim. Baraka topishsin”,- deydi Shahzodaxon Ulugʻbekova.