Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlash oliy maqsadimiz


Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat ekanligi amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda oʻz ifodasini topmoqda.

Jumladan, Shahrixon tuman adliya boʻlimi tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari soʻzsiz ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarga huquqiy koʻmak va amaliy yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda.

Adliya organlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Shahrixon tuman adliya boʻlimi tomonidan 2022-yilda inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish sohasida amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Shu oʻrinda, boʻlimga inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyoti sohasidagi murojaatlarning murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli hal etilgan 349 ta murojaatlardan 289 tasi qanoatlantirilishi taʼminlangan.

Xususan, birgina fuqaro Yu.Kamolovaning mehnatga layoqatsiz varaqasi uchun tegishli toʻlovlar toʻlab berilmayotganlik holatini oʻrganib berishni soʻrab yoʻllagan murojaati toʻplangan hujjatlar asosida oʻrganildi. Oʻrganish davomida u tumandagi 6-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yordamchi tarbiyachi lavozimida ishlab kelishligi, 2021-yilning 5-sentyabrdan 2023-yilning 8-yanvar kuniga qadar homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqqanligi maʼlum boʻldi. Unga berilgan homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun hisob-kitob qilinganida jami 6 million 104 ming 765 soʻm toʻlov amalga oshirilmaganligi aniqlandi.

Bu esa oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233-moddasi talablariga rioya etilmaganligidan dalolat beradi. Qonunchilikka koʻra, ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin esa ellik olti kalendar kun muddati bilan homiladorlik va tugʻish taʼtillari berilishi hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa pullari toʻlanishi nazarda tutilgan.

Oʻrganishlar yakuni boʻyicha ushbu toʻlovlarni toʻlab berish yuzasidan Shahrixon tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnomaga asosan Yu.Kamolovaning homiladorlik va tugʻish taʼtil pullari undirib berildi.

Bir soʻz bilan aytganda amalga oshirilayotgan islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad bitta, u ham boʻlsa halqni rozi qilish, inson huquqlarini himoya qilish, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashdan iboratdir.

Muhammadusmon ABDUVALIYEV,
Shahrixon tuman adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi