Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Paxtaobodlik mahalla raisi oʻz lavozimiga tiklandi

Paxtaobodlik Ulugʻbek Jalilov 2022-yilning may oyida oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovida Hayraobod mahallasi raisi lavozimiga saylangan. Biroq dastlab mahalladoshlarining ishonchi sabab ish boshlagan rais dekabr oyi boshida ayrim fuqarolar bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar ortidan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozadi.

Tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi N. Xolmirzayev esa goʻyo kutib turgandek arizani oʻsha kunning oʻzidayoq qanoatlantiradi.

Achchiq ustida shoshma shosharlik qilgan U. Jalilov keyinchalik oʻylab koʻradi va mahalladoshlarining iltimosi bilan ishlashda davom etishga qaror qiladi. Boʻlim boshligʻiga arizasini qaytarib olmoqchiligini aytganda esa u mehnat shartnomasi bekor qilinganligini bildiradi.

Ushbu holatga qonuniy yechim topish maqsadida U. Jalilov Paxtaobod tumani adliya boʻlimi murojaat qiladi.

Murojaat yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 2022-yilning 9-dekabr kuni tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi tomonidan MFY raisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi buyruq  qonunchilik meʼyorlariga zid ravishda zid ravishda qabul qilinganligi aniqlandi.

Vaholanki, Mehnat Kodeksining 99-moddasi birinchi qismi talabiga koʻra xodim tomonidan mehnat shartnomasini ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqli, shuningdek mazkur moddaning uchinchi qismida esa ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani qaytarib olishga haqli ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomda boʻlimlar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun huquqlari belgilib qoʻyilgan boʻlsada ularga mahalla raislarini lavozimidan ozod qilish huquqi berilmagan. Bundan tashqari ushbu buyruq “e-huquqshunos” elektron tizimi orqali huquqiy espertizadan oʻtkazilmasdan qabul qilingan.

Koʻrinib turibdiki, boʻlim boshligʻi tomonidan bilib yoki atayin qonunchilik talablari qoʻpol ravishda buzilgan.

Ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan adliya boʻlimi tomonidan taqdimnoma kiritilib, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining noqonuniy buyrugʻi bekor qilinib, mahalla raisi oʻz lavozimiga tiklandi.

Shavkatbek Abdurahmonov,

Paxtaobod tumani adliya boʻlimi boshligʻi