Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

SES xodimlariga ustama pullari kam toʻlanayotganligi aniqlandi



Vazirlar Mahakamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi bilan tasdiqlangan “Davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi nizomga asosan alohida muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar belgilash nazarda tutilgan.

Ulugʻnor tuman adliya boʻlimi tomonidan Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati Ulugʻnor tumani boʻlimida ushbu qaror ijrosiga qay darajada amal qilinayotganligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi. Unda 2021-2022-yillardagi qarorga rioya etilish ahvoli oʻrganildi.

Boʻlim xodimlarining mutaxassisligi boʻyicha uzluksiz ish stajini hisoblab chiqarish tartibiga rioya qilinishi oʻrganilganda sanitariya boʻlimi xodimi Moxidilxon Karimovaning umumiy ish staji 21 yil ekanligi, unga 20 % ustama belgilanishi kerak boʻlganligi, biroq boʻlim tomonidan unga 15% ustama toʻlab kelinayotganligi aniqlandi. Natijada ushbu xodimga 2021-2022-yillar uchun ikki million olti yuz besh yuz oltmish ming soʻm toʻlanmay kelgan.

Bundan tashqari 2015-yildan buyon ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boʻlimida ishlab kelayotgan Zilola Maxmudovaga ham ishlagan davri uzluksiz ish staji uchun besh foizlik ustamalar toʻlanmagan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha uzoq yillar ishlaganligi uchun qoʻshimcha berilishi lozim boʻlgan ustama mablagʻlarini doimiy toʻlab borish boʻyicha boʻlim mutasaddilariga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, oʻrganish yakunlari boʻyicha tuman adliya boʻlimi tomonidan SEO va JSX Buloqboshi tumani boʻlimiga toʻlanmay qolgan qoʻshimcha ustamalarni toʻlab berishi boʻyicha taqdimnoma kiritilib, tegishli tartibda undirib berildi.

Baxodir Saidov,
Ulugʻnor tumani adliya boʻlimi boshligʻi