Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini taʼminlash islohotlarning bosh maqsadi



Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati, manfaatlari, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini taʼminlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilangan.

Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, sud hokimiyatining amalda mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida 2023-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan 2023-2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi va ushbu strategiyani amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi tasdiqlandi.

Adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida oʻzining ishonchli himoyachisini koʻrishiga erishish bilan birga, sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish, strategiya doirasida odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari sifatida belgilandi.

Harakatlar dasturi 10 ta boʻlim 28 ta banddan iborat boʻlib, uning “Odil sudlov sifatini tubdan oshirish” deb nomlanuvchi 2-boʻlimining 5-bandi maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirishga qaratilgan.

Ushbu bandda 2023-yil noyabr oyiga qadar “Maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish belgilangan boʻlib, unda maʼmuriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar oʻrtasidagi barcha nizolarni xatlovdan oʻtkazib, sudlovga taalluqliligiga oid qoidalarni takomillashtirish, maʼmuriy sud ish yurituvi prinsiplarini tanqidiy oʻrganib, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi prinsiplarni kiritish nazarda tutilgan.

Shuningdek, maʼmuriy sud ish yurituviga daʼvo institutini kiritib, maʼmuriy organlar ustidan beriladigan daʼvo turlarini aniq belgilash, fuqarolar va tadbirkorlarning maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchini himoya qilish tizimini tanqidiy oʻrganib, yetkazilgan zararni undirish tartibini aniqlashtirish, maʼmuriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro - arizachining xohishiga koʻra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etishni belgilash lozimligi koʻrsatilgan.

Sud-huquq sohasiga bagʻishlangan Prezident farmoni avvalambor, “Inson qadri uchun” gʻoyasi asosida qabul qilingan boʻlib, adolatli sud tizimini shakllantirish, xalq manfaati va inson qadr-qimmatini sud orqali samarali himoya qilish hamda fuqarolarning odil sudlovga boʻlgan ishonchi oshishiga xizmat qiladi.

Z.Toxtasinov,
Andijon tumanlararo
maʼmuriy sudi sudyasi