Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Boʻstonlik fuqaroning oʻz vaqtida qayd qilinmagan tugʻilganlik fakti adliya aralashuvi bilan tasdiqlandi



Boʻston tumani adliya boʻlimiga tumanning Guzar mahallasida yashovchi Pak Margarita murojaat qilib, fuqarolik pasporti boʻlsada, biroq elektron bazalarda oʻzi haqidagi maʼlumotlar chiqmayotganligi sababli ovoragarchilik va sarsongarchiliklar boʻlayotganini bildirgan.

Murojaatga asosan oʻrganish olib borilganda Pak Margarita 2016-yilda Boʻz tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan fuqarolik pasporti berilgan. Biroq avtomatlashtirilgan “FHDYO yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish mobaynida uning tugʻilganlik haqidagi maʼlumotlari elektron arxiv bazasiga kiritilmasdan qolib ketgan. Bunga uning tugʻilganligi dalolatnoma yozuvlarida qayd etilmasdan qolib ketgani sabab boʻlgan.

Shularni inobatga olib tuman adliya boʻlimi tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Boʻston tumanlararo sudiga fuqaro Pak Margaritaning manfaatini koʻzlab, tugʻilgan faktini tasdiqlash toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritildi.

Ushbu ariza sud tomonidan atroflicha koʻrib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Pak Margaritani tugʻilganlik, yaʼni Pak Yen-dik bilan ota-bolalik hamda Nam Nyura bilan ona-bolalik fakti tasdiqlandi.

Kuni kecha adliya boʻlimi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan Pak Margaritaga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Saidmuhammadali Salohiddinov,
Boʻston tumani adliya
boʻlimi boshligʻi.