Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Oltinkoʻllik ayolning farzandlari bogʻcha toʻlovidan ozod qilindi



Oltinkoʻl tumanida yashovchi fuqaro N.I. taqdir taqozosi bilan turmush oʻrtogʻi erta vafot etdi. Qoʻlida ikki nafar goʻdagi bilan yolgʻiz qoldi. Shunday boʻlsada ularni kam-koʻstsiz voyaga yetkazish, ilmli qilish maqsadida tinimsiz mehnat qilmoqda. Tabiiyki bunday holatda bolalarni bogʻchaga berish zarurati bor. Biroq topgani tirikchilikdan ortmagani uchun ikkala farzandi uchun ham toʻlov qilish unga bir oz ogʻirlik qilmoqda.

Bogʻcha mudiralariga toʻlovlarda yengillik berishlarini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada uning iltimoslari asossiz rad etilib kelingan. Shundan soʻng N.I. tuman adliya boʻlimiga yordam soʻrab murojaat qilgan.

Oʻrganish davomida Xalq taʼlim hamda Moliya vazirliklarining 2016-yil 23-avgustdagi qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida maktabgacha taʼlim tashkiloti mutasaddilari maʼlumotga ega emasliklari aniqlandi.

Vaholanki, 2022-yilning 21-sentyabr kuni Xalq taʼlimi, Moliya va Maktabgacha taʼlim vazirliklarining qoʻshma qaroriga asosan bir qator oʻzgartirish kiritilgan. Jumladan ushbu Nizomning 19-bandi ikkinchi qismida boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinishi belgilib qoʻyilganligi taʼkidlangan.

N.I.ning murojaati qanoatlantirilib, maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan uning ikki nafar farzandi 2022-yiling 1-dekabr kunidan boshlab, tegishli toʻlovlardan ozod qilindi.

Ulugʻbek Yakubov,
Oltinkoʻl tumani
adliya boʻlimi boshligʻi.