Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Boshlangʻich sinf oʻqituvchisiga toʻlanmayotgan ustama pullari undirib berildi



Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-sentyabrdagi qarori bilan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlangan.

Ushbu nizomning 20-bandiga muvofiq pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga, oʻquvchilarning oʻzlashtirib olinishi darajasiga va oʻqitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan. 21-bandida esa pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballar boʻyicha ustama haq belgilanadi.

Xoʻjaobod tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Nargizaxon Yuldashevaga maktab direktorining 2022-yil 11-iyundagi buyrugʻida yuqoridagi Nizomga koʻra baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha 10 foizlik ustama toʻlanish koʻrsatib oʻtilgan. Biroq unga 2022-yilning sentyabr oyidan dekabr oyiga qadar ustamalar toʻlanmasdan paysalga solib kelingan.

Taʼlim muassasalarida olib borilgan huquqiy targʻibot tadbirlari davomida N.Yuldasheva adliya boʻlimi xodimlariga murojaat qilib, ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam berishni soʻragan.

Ushbu qonunbuzilish holati yuzasidan tuman xalq taʼlimi boʻlimiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi. Natijada N.Yuldashevaga toʻlanmay kelinayotgan ustama pullari yanvar oyligiga qoʻshib oʻtkazib berildi.

Xurshid Akbarov,
Xoʻjaobod tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi