Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xonobodlik bogʻcha metodistiga ijtimoiy taʼtil pullari toʻlab berilmaganligi aniqlandi



Soʻnggi yillarida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, inson huquqlarini taʼminlash borasida koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Ayniqsa, ayollar va bolalar manfaatini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Afsuski, ayrim masʼuliyatsiz rahbarlar qonunlar, prezident farmon va qarorlarini oʻqimasligi hisobiga bir qator qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyishmoqda. Natijada xodimlarning huquqiy manfaatlari poymol boʻlishiga sabab boʻlmoqdalar.

Misol uchun, joriy yilning yanvar oyida Xonobod shahar adliya boʻlimiga 5-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi Kamola Tursunova oʻzi ishlayotgan muassasadan noyabr oyida homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilgan boʻlsa-da, taʼtili pullari toʻlab berilmayotganligidan norozi boʻlib, murojaat qilgan.

Murojaatni oʻrganish davomida Kamola Tursunova 2022-yilning noyabr oyida mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqarilganligi aniqlandi. Unga mazkur buyruq bilan maktabgacha taʼlim boʻlimi hisobxonasi tomonidan 10 million 160 ming soʻm miqdorida homiladorlik va tugʻish nafaqasi hisoblangan boʻlsa-da turli vajlar bilan toʻlanmasdan qolib ketgan.

Vaholanki, amaldagi Mehnat kodeksining 233-moddasiga koʻra, xodimlarga homiladorlik va tugʻish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi. Shuningdek, homiladorlik va tugʻish taʼtili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tugʻishga qadar amalda bunday taʼtilning necha kunidan foydalanilganidan qatʼi nazar ayolga toʻliq beriladi.

Bundan tashqari, “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 42-bandiga koʻra Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun toʻlanishi nazarda tutilgan.

Toʻplangan hujjatlarga asoslanib, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga ijtimoiy taʼtil pullarini toʻlab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, murojaat qanoatlantirildi.

Bobir Botirov,
Xonobod shahar adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi.