Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Notariuslar faoliyati tahlil qilindi



Andijon davlat universitetida viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Kamoliddin Mashrapov raisligida 2022-yil davomida notariat sohasida qilingan hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda viloyatdagi barcha xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar hamda ularning stajyor, yordamchi va kotiblari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda notariat sohasiga oid jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar, boshqarma tomonidan oʻtkazilgan “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlarida aniqlangan holatlar boʻyicha aybdorlarga nisbatan koʻrilgan choralar tahlil qilindi.

Shuningdek, mehnat va ijro intizomiga rioya etmaslik holatlari, ayniqsa notariuslar faoliyati bilan bogʻliq tashkilotlarning eʼtirozlari alohida qayd etildi.
Yakunda fuqarolarga xizmat koʻrsatishda muomala madaniyatiga, ularni ortiqcha ovora qilmaslikka, kasbiy etika qoidalariga toʻliq rioya etishlari boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.