Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sud qarori bilan otalik fakti belgilandi



Andijon tumanida yashovchi Zuxraxon Allamuratova 2013-yilda Dilshodbek Abdullayev bilan taqdir rishtalarini bogʻlagan. Yetti yillik turmushi davomida bir nafar qiz farzandni dunyoga keltirishgan. Chaqaloq dunyoga kelgan vaqtda bolaning tugʻilganligi yolgʻiz ona sifatida rasmiylashtirgan. Bunga sabab yosh oila qonuniy nikohdan oʻtmasdan shaʼriy nikoh asosida yashab kelgan.

-Bunga turmush oʻrtogʻimning oʻsha vaqtda pasportining amal qilish muddati oʻtganligi, moddiyat sababli almashtiraolmaganligi sabab boʻlgan edi,- deydi holatni tushuntirda Zuxraxon.Keyinchalik qonunchilikdan bexabarligimiz sababli qizimizga “metrika” olib boʻlganimizni hisobga olib, otalik faktini belgilashga eʼtibor qaratmabmiz. Qismat ekan erim erta vafot etdi. Oʻtgan yili mahalladagilar farzandim uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlanishi mumkinligini aytishganda Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qildim. Murojaatim rad etilib, tugʻilganlik haqida guvoxnomada otasining maʼlumotlari yozilishi kerakligi tushuntirildi.

Zuhraxonning murojaatiga asosan uning manfatini koʻzlab, Andijon tuman adliya boʻlimi tomonidan Fukarolik ishlar boʻyicha Andijon tumanlararo sudiga “otalikni tan olganligi faktini belgilash haqida” daʼvo arizasi kiritildi.

Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasi qanoatlantirilib, murojaat ijobiy hal etildi.

Ilxom Husanboyev,
Andijon tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi