Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Yakka tartibda oʻquvchiga taʼlim berayotgan oʻqituvchilarga toʻlanmagan yoʻl haqi pullari undirilib berildi



 Soʻnggi yillarda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida oʻqituvchi va murabbiylarning kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli ishlarga jalb etishga barham berilmoqda, shuningdek, ularning mavqeini oshirishga harakat qilinmoqda. Qayd etish lozim, ustozlarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilayotgan boʻlsada, ayrim hollarda ularga belgilangan qoʻshimcha haq va kompensatsiya pullari toʻlanmasdan kelinayotganligi achinarli.

Asaka tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Asaka tumanidagi 14-sonli aqli zaif bolalar uchun maktab-internatida jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning yakka tartibda taʼlim olish tartibi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganishlar davomida maktab-internatida tahsil olayotgan bolalarga uyda yakka tartibda dars beruvchi 34 nafar oʻqituvchilarga 2021-2022 va 2022-2023 oʻquv yillari davomida qoʻshimcha va yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanmaganligi aniqlandi.

Bu bilan maktab maʼmuriyati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim berish tartibi toʻgʻrisida” Nizomning 33-bandi bajarmaganligi ayon boʻldi. Vaholanki, mazkur bandda oʻquvchiga taʼlim berayotgan oʻqituvchilarga belgilangan tartibda qoʻshimcha haq va yoʻl haqi kompensatsiya pullari toʻlanshi koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha tuman adliya boʻlimi tomonidan mazkur maxsus maktab-internati rahbariyatiga taqdimnoma kiritildi. Natijada jismoniy va psixik rivojlanishda nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga uyda yakka tartibda dars beruvchi oʻqituvchilarga 24 million soʻmdan ortiq yoʻl haqi kompensatsiya pullari undirib berilishi taʼminlandi.

Umidjon Obidjonov,
Asaka tuman adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi