Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Nogironligi bor xodimlarga soliq imtiyozlari qoʻllanilmayotgani aniqlandi



Mamlakatimizda nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularni ishga joylashishda har tomonlama koʻmaklashish choralari koʻrilmoqda.

Jumladan, amaldagi Soliq kodeksining 380-moddasi (Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish)ning 3-bandiga koʻra, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod etilishi belgilangan. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.

Izboskan adliya boʻlimi tomonidan tuman xalq taʼlimi boʻlimida mazkur moddada belgilangan imtiyozlarni amaliyotga tadbiq etilganligi yuzasidan monitoring tartibda oʻrganish olib borildi.

Oʻrganish davomida boʻlim tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yurituvchi yigirma bir nafar imkoniyati cheklangan xodimlar faoliyat yuritayotganligi, ularga nisbatan soliq imtiyozlari qoʻllanilmayotganligi aniqlandi. Bu esa oʻz navbatida fuqarolarning Qonunlar bilan qoʻriqlanadigan huquqlari buzilishiga sabab boʻlgan.

Tuman xalq taʼlimi boʻlimiga yuqoridagi talablarga rioya qilinishini taʼminlash, nogironligi bor xodimlarga Soliq Kodeksidagi imtiyozlarni qoʻllash yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi. Natijada bundan keyin soliq imtiyozlarini qoʻllash choralari koʻrilishi taʼminlandi.

Avazbek Tashxujazoda,
Izboskan tuman adliya
boʻlimi yetakchi maslahatchisi