Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Shtab faoliyati: tahlil, tanqid va 2023-yilgi rejalar belgilab olindi



Viloyat adliya boshqarmasida ichki ishlar boshqarmasi, tegishli boshqarma va idoralar masʼullari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokamasi tashkil etildi.

Unda tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari hamda ichki ishlar boʻlimlarining masʼullari ishtirok etdilar.

Yigʻilish davomida amalga oshirilgan ishlar aniq tahlil qilinib, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari M. Karimov, viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari B. Yunusov, tashkiliy boshqarma boshligʻining yuridik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Q. Noʻmonovlarning axboroti eshitildi.


Xalq taʼlimi boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi A. Usmonov yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar va ularni oldini olishdagi hamkorlik masalalari boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

Yigʻilishda jinoyatchilikka qarshi kurashishda taʼsirchan mehanizmlarni qoʻllash, targʻibot tadbirlari qamrovini jinoyat sodir etgan shaxslar toifasi va jinoyatchilikning turlariga mos ravishda tashkil qilish, shuningdek, jinoyatchilik koʻrsatkichi oshgan mahallalarda oʻtkazilgan qabullar davomida bildirilgan mulohazalar, amaliyotda duch kelayotgan muammolari yuzasidan takliflari bildirildi.


Jinoyatchilikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi boʻlibgina qolmay barcha idora va tashkilotlar oʻz vakolatlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda ularga koʻmaklashishi lozimligi va shu orqali hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar oʻz samarasini berishi taʼkidlab oʻtildi.

Yigʻilish yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.