Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Viloyat adliya boshqarmasida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


     Viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan tadbir davomida maʼruzachilar yoshlar orasida psixotrop moddalarning keng isteʼmol qilinishi boʻyicha fikr-mulohazalarni ingliz tilida muhokama qildilar.

      Muloqot davomida Sharda Universiteti menejment fakulteti dekanlari, professorlar Shankar Ganesh,Gabriyel Obunmala hamda Sajid Valiya Valappil, viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimi Nilufar Moʻminova, adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Asilbek Qasimovlar oʻz maʼruzalarida yoshlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishlari lozimligini bildirdilar.

     Yakunda xorijlik mutaxassislar oʻquvchilar erishayotgan yutuqlar haqida iliq fikrlarini bildirib, kelajakda texnikum bilan ilmiy-maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yanada oshirishlarini taʼkidladilar.

     Tadbirni respublikaning barcha yuridik texnikumlari  “ZOOM” orqali kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.