Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Kompensatsiya pullari undirib berildi.



Tuman adliya bo‘limi tomonidan 36-umumta’lim maktabining sobiq direktori F.O‘rinovning shikoyati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, 36-umumta’lim maktabining sobiq direktori F.O‘rinov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 21-noyabrdagi buyrug‘iga asosan bekor qilingan bo‘lsada, shu kunga qadar tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan xodim bilan yakuniy hisob kitob ishlari amalga oshirilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasida xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqli ekanligi, ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli ekanligi, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shartligi, 151-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi lozimligi belgilangan.


      O‘rganish natijasiga ko‘ra, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri nomiga taqdimnoma kiritish yo‘li bilan F.O‘rinovning 6.880.992 so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari undirib berilishi ta’minlandi.