Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Andijon viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi


Unda Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

 Hay’at majlisida boshqarma rahbar va xodimlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Hisobot davrida boshqarma tarkibiy bo'linmalari va tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatida o‘tgan 2022-yil davomida belgilangan vazifalar asosida sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga o‘tgan davr davomida ja’mi 8 722 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 8 124 tasi hal etilgan, murojaatlarning 5 816 tasi yoki 72 foizini qanoatlantirishga erishildi.

O‘tgan davr mobaynida 339 ta o‘rganish va 973 ta monitoring tadbirlari o‘tkazilib, natijada 59 354 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar natijasida turli idoralarga 5 988 ta taqdimnoma, sudlarga 20,3 mlrd. so‘mdan ziyod pul mablag‘larini undirish yuzasidan 2 111 ta da’vo arizalar kiritildi.
Kiritilgan ta’sir choralar natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga 47,1 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘lar qaytarilishi yoki undirilishi belgilanib, 3 mingdan ziyod fuqarolarning huquqlari tiklanishi ta’minlandi. 
Shu bilan birga, kiritilgan ta’sir choralar natijasida 33 146 ta hujjatlar ijrosi to‘xtatilishiga yoki bekor qilinishiga erishildi.

FHDYO bo‘limlari tomonidan joriy yil davomida 86 980 ta tug‘ilganlik, 25 897 ta nikoh, 16 600 ta o‘lim, 5 020 ta nikohdan ajralganlik holati qayd etilgan. 
Shu bilan birga, 4 949 ta otalikni belgilash, 494 ta farzandlikka olish, 5 947 ta dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish, 741 ta familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish harakatlari bajarildi. 
2022-yil davomida 550 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 98 foizi Davlat xizmatlari markazlari orqali, 2 foizi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘rsatildi.

Hay'at majlisida faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.