Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“YANGI KONSTITUTSIYAMIZNI VA YANGI O‘ZBEKISTONIMIZNI YARATISH G‘OYASIDAMIZ”




Andijon viloyat adliya boshqarmasi hamda shahar adliya bo‘limi hodimlari tomonidan joriy yilning 25-mart kuni 528-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida “Yangi Konstitutsiyamizni va yangi O‘zbekistonimizni yaratish g‘oyasidamiz” shiori ostida manzilli seminar hamda davra suhbatlarini tashkil etildi.

Mazkur seminarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati hamda Referendum o‘tkazish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga O‘zbekistonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha xalq saylovi — referendum 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tishligi, moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘payganligi, Konstitutsiya matni 65 foizga yangilanganligi, referendum uchastkalari harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham tuzilishi to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.



Bundan tashqari, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘tisida”gi PQ-3898-son qarori hamda yangi qabul qilingan normativ – huquqiy hujjatlarning mazmun – mohiyati bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi. 

Ushbu seminar yakunida esa ishtirokchilarning qonun borasidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.