Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

TARG‘IBOT POYEZDI!!!



Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir o‘tkazildi. 

Ushbu targ‘ibot tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etildi. 

Tadbir davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ushbu jarayon mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va marralarimizning huquqiy poydevor ekanligi haqida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tengdoshlari bilan muloqot qilishdi. Yangilanayotgan Konstitutsiya nafaqat bugungi, balki kelajak avlod manfaatlariga to‘la xizmat qilishining o‘zi ham xalq konstitutsiyasi ekanining tasdig‘idir. Yoshlar 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda  ishtirok etishimiz o‘z fuqarolik burchimiz ekaniga alohida urg‘u berishdi.