Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

"Madaniyat va istirohat bog‘ida" “Konstitusiya - kelajagimiz kafolati” shiori ostida "Huquqiy aksiya" hamda "Adliya sayli" tashkil etildi.




Adliya vazirligi tashabbusi asosida Adliya boshqarmasi tomonidan Andijon tumanidagi "Madaniyat va istirohat bog‘ida" “Konstitusiya - kelajagimiz kafolati” shiori ostida "Huquqiy aksiya" hamda "Adliya sayli" tashkil etildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, viloyat barcha tashkilotlar jalb etildi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining ijtimoiy va iqtisodiy  sohadagi 50 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Aksiya davomida fuqarolarning oilaviy, mehnat, ijtimoiy, bandlik, bank, kredit, solikka oid masalalarida huquqiy tushuntirishlar berilib, 20 ga yaqin fuqarolarga davlat xizmatlari, 7 nafar fuqaroga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek, aholini yanada keng jalb qilish maqsadida sportchilar, harbiylar hamda san’at namoyondalari tomonidan ko‘ngilochar sahnalar tashkil qilindi.

Bundan tashqari, tuman aholisi hamda yoshlarga  Yangilanayotgan Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha tushunchalar berildi,  buklet va flayerlar tarqatildi.