Янгиликлар
"Yangilanayotgan Konstitusiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos" shiori ostida davra suhbatlari davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 5-aprel kuni Baliqchi tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Yangilanayotgan Konstitusiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos” shiori ostida xodimlarnig referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 14.03.2023-yildagi ““O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Kespublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi SQ-702-IV-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi referendumi 2023-yil 30-aprel — yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilanganligi va mazkur sanada fuqarolar o'zlarining siyosiy huquqlaridan foydalangan holda referendumda faol ishtirok etishlari lozimligi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, amaldagi Konstitutsiyamizning moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilganligi, jami konstitutsiyaning 65 foizi o‘zgartitrilayotganligi yuzasidan tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, tadbirda "O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘rsida"gi qonuni, "Referendum okruglari hamda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari to‘g‘rsida"gi Nizom va "Referendum uchastkalari hamda uchastka komissiyalari to‘g‘risida"gi Nizom hamda respublikada qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda referendumda ishtirok etish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
