Янгиликлар
Andijon shahar adliya bo’limi tomonidan Andijon “Sahovat” internat uyida sayyor tartibda davlat xizmatlari tashkil etildi.

????Fuqarolarning huquqiy muammolarini joyiga borgan holda hal qilish maqsadida tashkil etilayotgan manzilli tartibda sayyor xizmatlarni tashkil etish oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.
♿️Bu galgi sayyor xizmat Andijon “Sahovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida boʻlib oʻtdi.

????Qabulda adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY xodimlari tomonidan Xotin-qizlar huquqlari, qonunchilikdagi imtiyozlar hamda bir qator huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

♻️Bundan tashqari Internat uyida istiqomat qilayotgan fuqarolarga Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor tartibda sanatoriya va dam olish maskalariga navbat asosida yo‘llanma olishga, nogironlik nafaqasi hamda yoshga doir pensiya tayinlanishi yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.

✅Shuningdek, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi va oʻrganish talab qilinadigan 3 nafar fuqaroning murojaatlari boʻlimning ish yurituvga qabul qilindi.
