Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki”


Andijon tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Ismoilov tomonidan Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng targ'ib etish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Ismoilov Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan tub o‘zgarishlarning uzviy qismi bo‘lib, ularning mustahkam huquqiy asosini yaratish, inson shaʼni va qadr-qimmatini qonun darajasida taʼminlash hamda Asosiy qonunimizni jamiyatdagi islohotlarga moslashtirishda muhim hodisa ekanligini alohida taʼkidlab o'tdi.



Shuningdek, tadbirda referendum o‘tkazish tartibi va unda ishtirok etish bo‘yicha talabalarning takliflari tinglandi. Mavzuga oid savollarga javob berildi.