Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

«Street law» ko‘gillilar guruhi yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda



Davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoniga asosan taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning huquqiy savodxonlikni oshirish belgilangan.

Mazkur hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilaridan iborat "Street Law» volontyorlik guruhi tuzilgan.

Ushbu guruh belgilangan jadvalga asosan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun mashgʻulotlar oʻtkazib boradilar.

Kuni kecha ushbu volontyorlik guruhi aʼzolarini referendum oldi targʻibot jarayonlarida faol ishtirok taʼminlash maqsadida seminar-trening oʻtkazildi.

Trening davomida koʻngillilarga “Street Law” loyihasining ahamiyati, dunyo miqiyosida tutgan oʻrni, loyihaning volontyorlar uchun foydali jihatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, huquq va majburiyatlar hamda huquqni qoʻllash amaliyoti, uni amalga oshirish mexanizmi, mazmun mohiyati, mashgʻulotlar davomida qiziqarli interfaol metodlarlardan foydalanish, muammoli vaziyatlarga yechim topish boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.